Yil boshidan buyon davlatga yetkazilgan 20 mlrd. so‘m zarar undirildi
Prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 20 mlrd. so‘m zarar undirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Aholi bandligini ta’minlash sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 337 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 1 ming 283 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Ushbu sohada o‘tkazilgan o‘rganishlarda 31 ming 087 ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi. Bundan tashqari, 174 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 510 mln. so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.
Prokurorlar tashabbusi bilan 276 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 3 ming 623 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi. Aholining kommunal xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis tashkilotlaridan bo‘lgan qarzdorligini undirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, boshqaruv servis tashkilotlarining debitor qarzdorligi joriy yilning 1 yanvar holatiga 561,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
O‘tkazilgan xatlov jarayonida 550 mingga yakin mulkdorlarga majburiy to‘lovni to‘lab berish yuzasidan talabnomalar yuborildi, 270 mlrd. so‘m qarzdorliklarni undirish bo‘yicha sudlarga arizalar kiritildi, 268,5 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi.
Xuddi shu kabi, issiqlik ta’minoti korxonalarining xatlovda aniqlangan 271,8 mlrd. so‘m debitor karzdorliklarining 168,9 mlrd. so‘mi undirilib, sudlarga 85,4 mlrd. so‘mlik arizalar kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter