Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq egizaklar tug‘ilgan – statistika

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq egizaklar tug‘ilgan – statistika

O‘zbekistonda 7 oyda 10 621 nafar egizaklar tug‘ilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 250 nafarini 3 va undan ortiq egizak tug‘ilganlar tashkil etgan.

2022-yilning 7 oyida hududlar kesimida eng ko‘p 2 nafar egizak Samarqand (1 245 nafar), Qashqadaryo (1 071 nafar) viloyatlari hamda Toshkent shahri (976 nafar)da tug‘ilgan.

Shuningdek:

  • Namangan viloyati – 944 nafar;
  • Farg‘ona viloyati – 929 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 897 nafar;
  • Andijon viloyati – 889 nafar;
  • Toshkent viloyati – 872 nafar;
  • Buxoro viloyati – 507 nafar;
  • Jizzax viloyati – 489 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 461 nafar;
  • Xorazm viloyati – 459 nafar;
  • Navoiy viloyati – 354 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 278 nafar.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida 8 527 nafar egizaklar tug‘ilgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring