Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda tirik tug‘ilganlar soni 405,5 ming kishini tashkil qilgan

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda tirik tug‘ilganlar soni 405,5 ming kishini tashkil qilgan

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, 37 mln 859,7 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 725,5 ming kishiga yoki 2 foizga ko‘paydi.

Doimiy yashash hududi bo‘yicha shahar joylarda 19 mln 296,4 ming kishi (jami aholi soniga nisbatan 51,0 foiz), qishloq joylarda esa 18 563,3 ming kishi (49,0 foiz) istiqomat qilmoqda. Ayollar soni 18 793,9 ming kishini (49,6 foiz), erkaklar esa 19 065,8 ming kishini (50,4 foiz) tashkil etmoqda.

Mamlakatda 2025 yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan tirik tug‘ilganlar soni 405,5 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 21,7 promilleni tashkil etdi. Tug‘ilganlar soni joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga kamaygan.

Shundan o‘g‘il bolalar soni 209,6 ming kishini (jami tug‘ilganlar soniga nisbatan 51,7 foiz), qiz bolalar soni 195,9 ming kishini (48,3 foiz) va shahar joylarida 197,8 ming kishini (48,8 foiz), qishloq joylarida 207,7 ming kishini (51,2 foiz) tashkil etdi.

Vafot etganlar soni 84,1 ming kishini, har ming aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi. Vafot etganlar soni joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming nafarga ko‘paygan.

Shundan erkaklar 46,2 ming kishini (jami vafot etganlar soniga nisbatan 54,9 foiz), ayollar 37,9 ming kishini (45,1 foiz) va shahar joylarida 45,6 ming kishini (54,2 foiz), qishloq joylarida 38,5 ming kishini (45,8 foiz) tashkil qildi. 

Manba: stat.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring