Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik davlat idoralari Samarqand va Toshkent viloyatida qabullar o‘tkazadi

Yirik davlat idoralari Samarqand va Toshkent viloyatida qabullar o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda ommaviy qabullar tashkil etiladi.

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Komilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning mart-iyul oylari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan muloqot o‘tkazishadi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o‘tkaziladi. Navbatdagi qabullar manzili – Samarqand va Toshkent viloyatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi joriy yilning 30-mart – 3-aprel kunlari Toshkent viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi esa 31-mart – 3-aprel kunlari Samarqand viloyatida ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma’lum qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring