Yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashigan haydovchilar 3,4 million so‘m jarimaga tortildi
![Yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashigan haydovchilar 3,4 million so‘m jarimaga tortildi](http://static.xabar.uz/crop/1/0/720_460_95_10556627.jpg)
Toshkent ko‘chalarida yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar.
O‘tgan haftada avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 4 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, qonunbuzarlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan ular 3,4 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter