Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yomg‘ir qorga aylanishi mumkin» — O‘zgidromet

«Yomg‘ir qorga aylanishi mumkin» — O‘zgidromet

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Shanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda esa ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi,Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining quruq havo saqlanib turadi.

Yakshanba kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Harorat dam olish kunlari kechasi 5-10° iliqqacha, kunduzi 13-18° iliqqacha pasayadi.

Ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 18 noyabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda 18 noyabr vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 19 noyabr biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18 noyabr 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 24-26° iliq bo‘ladi, 18 noyabrda 20-22° iliqgacha, 19 noyabrda 16-18° iliqgacha asta-sekin pasayadi. Shanba havo harorati kechalari 7-9° iliqgacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring