Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘inda halok bo‘lgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish muammo bo‘layotganiga izoh berildi

Yong‘inda halok bo‘lgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish muammo bo‘layotganiga izoh berildi

YouTube ijtimoiy tarmog‘ida Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlarini Vatanga qaytarishda muammolar yuzaga kelayotgani hamda buning uchun mablag‘ yig‘ilayotgani haqida murojaat paydo bo‘lgan.

Ma’lumki, 2021-yilning 13-noyabr kuni Moskva viloyatida yuz bergan yong‘in oqibatida ushbu vaqtincha turar joyda yashab kelgan mehnat migrantlari orasida 2 kishi jarohat olgan va 4 kishi vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari (Sh.A. 1969-y.t., E.U. 1998 y.t., Sh.K. 1987-y.t., A.R. 1998-y.t.), ammo, jasadlarni Vatanga qaytarish uchun qaysi jasad qaysi shaxsga tegishli ekanini aniqlash talab etiladi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra, belgilangan tartibga muvofiq, davlat tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan DNK tekshiruvi natijalari olingach, ya’ni, har bir jasadning shaxsi aniqlangandan keyin tergov qo‘mitasi ruxsati bilan jasadlarni olib chiqib ketishning imkoni bo‘ladi, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotida.

«Shu o‘rinda, marhumlar qarindoshlaridan chet davlat qonunlari, tartib qoidalarini e’tiborga olishlarini hamda ijtimoiy tarmoq faollaridan ularning ayni paytdagi hissiyotlaridan foydalanib, ommani chalg‘itish, mablag‘ yig‘ishga qaratilgan chiqishlar qilmasliklarini so‘raymiz»,— deya yakunlanadi agentlik ma’lumoti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring