Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoira Baxtiniso Mahmudova vafot etdi

Shoira Baxtiniso Mahmudova vafot etdi

Bugun, 6 yanvar kuni yosh shoira Baxtiniso Mahmudova olamdan o‘tdi. U og‘ir operatsiyani o‘tkazish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketgan edi.

Ma’lum qilinishicha, 3 yanvar kuni amalga oshirilgan operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Operatsiyadan so‘ng Baxtiniso oyoqlarini his qilayotganini ma’lum qilgan.

6 yanvar kuniga o‘tar kechasi qon bosimi birdan tushib ketishi sababli uni jonlantirish bo‘limiga olishgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramay, Baxtiniso Mahmudova vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiniso Mahmudova bir necha yildan buyon orqa miyasidagi o‘simtadan aziyat chekayotgandi. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va nashrlarda uning operatsiyasi uchun kerak bo‘lgan mablag‘ni (30 ming dollar) yig‘ish uchun yordam aksiyalari o‘tkazilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring