Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar qalbiga kirib borish shunchaki gap emas (video)

Yoshlar qalbiga kirib borish shunchaki gap emas (video)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti boshlang‘ich tashkiloti qoshida ochilgan «OratUz UNION» jamoasi may oyining ilk sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Yunusobod xorijiy tillar akademik litseyiga tashrif buyurdi. Litsey o‘quvchilari ishtirokida «Ta’limda innovatsiya tamoyillari» mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminar trening AQSh, Koreya va Germaniya davlatlari tajribalarini o‘rganilgan holda tashkil etildi. Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyaning muhim omil ekanligi yangicha pedagogik va psixologik usullar bilan professional jamoa tomonidan o‘quvchilarga tushuntirildi va amaliyotda qo‘llash usullari o‘rgatildi.

Har sohada o‘z o‘rnini topgan innovatsiya faqat yangi texnologiyalarni anglatmaydi. Innovatsiya ta’lim yangiliklari jarayonlarida, xizmatlar, dasturlarda va hamkorlikda yaqqol gavdalanadi. Seminar treningda innovatsiya haqida batafsil ma’lumotlar berilgandan so‘ng, qatnashchilarga bir necha yo‘nalishdagi yangilanishlarning barchasi aynan innovatsiyaga yetaklashi, infografik ko‘rinishda taqdim etildi. Ta’limda innovatsiya tamoyillarini hosil qilish uchun ta’limda tenglik va tizimni takomillashtirish, haqiqiy muammoni sodda va ravshan tarzda hal etish, qolaversa mavjud muammoni yechishga harakat qiladigan o‘lchovni topish juda zarur. Aynan shu tamoyillar yuzasidan seminar treningda yoshlarning ta’lim olish jarayoni faoliyati tahlil qilindi.

Faol qatnashchilar maxsus faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. O‘quvchilar ko‘zidagi ishonch va olov seminar trening tashkil etishdagi va o‘tkazishdagi charchoqlarni chiqarib yubordi.

TATU 4-bosqich talabasi,  Umidjon Ortiqov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring