Yulduz Usmonova nega qurollangan kishilar qurshovida kuylagani sababi ma’lum bo‘ldi
Bir necha kun avval internetda Yulduz Usmonova to‘yda avtomatik qurol bilan qurollangan shaxslar qurshovida qo‘shiq kuylagani tasvirga olingan video tarqalgandi.
Qozog‘istonda Yulduz Usmonova qo‘shiq kuylagan vaqtda to‘y tashkilotchilari qo‘riqlash agentligi xodimlarini jalb qilgan. Shuning uchun sahna oldida qurollangan kishilar ko‘p bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Sputnik».
«Turkiston viloyati Sarig‘ash tumanidagi restoranlardan birida artistlar chiqishi vaqtida to‘y marosimi tashkilotchilari tomonidan tartibni ta’minlash maqsadida qo‘riqlash agentligi xodimlarini jalb qildi», — deb ma’lum qilgan Qozog‘iston IIVning rasmiy vakili Almas Sadubayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda qo‘riqlash tashkilotiga nisbatan xodimlar xizmat qurolidan foydalanish tartibi buzilishi holati bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 484-moddasi 1-qismi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.
«Shu bilan birga Tadbirkorlik kodeksi doirasida prokuratura organlariga qo‘riqlash tashkilotida qo‘riqlash faoliyatini yuritish sohasidagi qonunchilik talablariga mos kelishini aniqlash maqsadida rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqildi», — deb qo‘shimcha qildi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter