Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YuNESKO O‘zbekistonda yana bir tashabbusga bosh qo‘shdi

YuNESKO O‘zbekistonda yana bir tashabbusga bosh qo‘shdi

Toshkentda 2022 yilning 23 may sanasida «Madaniy meros va ijod platformasi» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamkorligida bo‘lib o‘tdi.

Platforma maqsadi
«Madaniy meros va ijod platformasi»ning maqsadi O‘zbekistonda madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish va ijodkorlikni rag‘batlantirish, barqaror turizmni rivojlantirishni ta’minlashdan iborat. Bundan tashqari, madaniy dastur va tashabbuslarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik asoslarini qo‘llab-quvvatlash hamda 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Platformaning oldiga qo‘yilgan vazifalar sirasiga shuningdek, O‘zbekistonda madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilishni kuchaytirish, madaniy va ijodiy sohalarni rivojlantirish va barqaror turizmni rivojlantirish ham kiradi.

Unga ko‘ra:

- O‘zbekistonda barcha manfaatdor tomonlar tomonidan amalga oshirilayotgan madaniy dasturlar/loyihalar/tashabbuslarni doimiy asosda aniqlash va xaritalash;
- Hamkorlikni ta’minlash orqali amalga oshirilayotgan faoliyat/loyihalarning qiymatini oshirish;
- Madaniyat bilan bog‘liq barcha ishlarni joriy siyosat va strategiyalar, aniqlangan ehtiyojlar va hokazolar asosida muvofiqlashtirilgan tarzda yo‘naltirish;
- Xaritalashtirilgan ish natijalari asosida madaniy meros sohasida xalqaro hamkorlik, aloqa va yordamni kuchaytirish, mahalliy va xalqaro institutlar hamda barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, fikr va tajriba almashish uchun maydonni ta’minlash.

Madaniy meros va ijod platformasi bo‘yicha uchrashuv davra suhbati shaklida o‘tkazildi.

Madaniy tadbirlarni aniqlash va xaritasini tuzish, shuningdek, sohadagi hamkorlik va qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish uchun BMT agentliklari, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar, tarmoq vazirliklari va madaniyat sohasida faoliyat yurituvchi donor agentliklar bir joyga jamlandi. Ushbu hamkorlikning maqsadi — madaniyat, turizm va ijodkorlik borasidagi tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishdan iboratdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring