Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiota hokimining o‘rinbosari ishdan olindi

Zangiota hokimining o‘rinbosari ishdan olindi

Toshkent viloyatining Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari Xayrulla Xo‘jamqulov ishdan olindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota tumani «Nazarbek» qo‘rg‘onidagi ko‘prik qurilishining nima sababdan to‘xtab qolgani, ushbu ob’yekt buyurtmachisi – Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda ushbu ob’yekt quruvchisi – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ko‘prik-qurilish tresti mutasaddilari keltirilgan vajlar asosli ekanligi bo‘yicha tomonlar ishtirokida, joyida muhokama o‘tkazgan.

«Masala hal bo‘lmagani uchun men o‘z lavozimimdan ketdim», — deydi Xayrulla Xo‘jamqulov hokimlik matbuot xizmati tarqatgan lavhada.

«Men bu masala yuzasidan tuman hokimiga ham chora ko‘raman», — qayd etib o‘tdi Zoir Mirzayev.

Avvalroq tumandagi ushbu yer osti yo‘li qurilishining to‘xtab qolishi jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring