Zomin – ulkan imkoniyatlarga ega jozibador turizm maskani

Joriy yilning 15-16 mart kunlari mahalliy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari - jurnalistlar va blogerlar Jizzax viloyati Zomin tumanining turistik salohiyati bilan tanishdilar. Info-tur Turizm qo‘mitasi hamda Jizzax viloyati turizm boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.
Info-tur ishtirokchilari «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi faoliyati, turizm salohiyati, mavjud imkoniyatlari hamda kelgusida rejalashtirilayotgan xalqaro loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, ikki kun davomida turoperatorlar va OAV vakillari Zomin aeroporti, «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi hududida WYNDHAM brendi ostida faoliyat yuritayotgan zamonaviy mehmonxonalar, uzunligi 2600 metr bo‘lgan «Zomin Ropeway» osma dor yo‘li, «Zomin Wellness» sog‘lomlashtirish maskani, «shale» tipdagi uylar hamda uzunligi 305, balandligi 150 metr bo‘lgan, Markaziy Osiyodagi yagona «Baxt ko‘prigi» nomi bilan yuritiladigan osma ko‘prik faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar oldilar.
Ta’kidlash joizki bugungi kunda Jizzax viloyati qulay geografik joylashuvi, tog‘lar, qir-adirliklar, ko‘l, go‘zal tabiati, me’moriy yodgorliklari, milliy taomlari bilan mahalliy va xorijiy turistlarni jalb etib, O‘zbekiston turizmini jadal rivojlanishi va tashrif buyurayotgan sayyohlar sonini ko‘paytirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter