Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zominda aeroport ochildi 

Zominda aeroport ochildi 

1 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tumanidagi aeroport foydalanishga topshirildi. Marosimda viloyat, tuman, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbarlari, shuningdek, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Toshkentdan parvoz qilgan kichik LET L-410 samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi. O‘sha kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Pilatus PC-24 biznes-jeti ham shu yerga uchib keldi.

Marosimda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Ergash Saliyev aeroport ochilishi umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirishini ta’kidladi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, tumanga yiliga 1,5 million nafargacha mahalliy sayyoh va 140 ming nafar xorijiy sayyohni jalb etish rejalashtirilgan.

Aeroportning yo‘lovchi terminali 30 kishiga mo‘ljallangan. Aeroport hududi 60 gektarni tashkil etadi. Bu yerda asfaltdan uchish-qo‘nish yo‘lagi qurildi. Ilgari LET L-410 Zominga tuproqli yo‘l orqali parvozni amalga oshirgan.

Aeroport uchun zarur radio, aeronavigatsiya va boshqa jihozlar xarid qilinadi, deb xabar berdi viloyat hokimligi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring