«Zomin»ning direktori lavozimidan olindi
Hukumatning 26 yanvardagi [30-сон] qaroriga muvofiq Sobirjon Shamsiddinovich Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» DUK direktori lavozimidan ozod etildi.
O‘z navbatida, Hukumatning 26 yanvardagi [31-сон] qarori bilan Shuhrat Jo‘rabayevich Hakimov «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» DUK direktori lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Sh.Hakimov Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter