Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘rlangan va zo‘rlangan bolalar, Ramazon taqvimida o‘zgarish, Soliq qo‘mitasida yangi rais, nojoiz kadrli kliplar va boshqa xabarlar

Xo‘rlangan va zo‘rlangan bolalar, Ramazon taqvimida o‘zgarish, Soliq qo‘mitasida yangi rais, nojoiz kadrli kliplar va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 11-may kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Botir Parpiyev: «Men oddiy askarman. Qayerga lozim topishsa, ishlashga tayyorman»

«Men oddiy askarman. Rahbariyat qayerga lozim topsa, sidqidildan ishlashga tayyorman. Xonadonlarga kirib odamlarning dardu qayg‘usi bilan ishlash, xalqqa xizmat qilish katta mukofot. Bildirilgan ushbu ishonch menga katta mas’uliyat yuklaydi.»

Jamiyat

Marg‘ilondagi mehribonlik uyi: xo‘rlangan bolalar, xo‘rlangan qizlar...

Marg‘ilondagi 1-mehribonlik uyi bilan bog‘liq shov-shuvlar ko‘plarning qulog‘iga chalingan bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Farg‘onadagi ignaning teshigidek gap Toshkentga yetguncha tuyadek salobat kasb etishi mumkin. Biroq muassasa rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani urchigan gap-so‘zlar shunchaki mish-mish emasligini tasdiqlamoqda.

Ramazon oyining boshlanish kuni o‘zgardi (yangi taqvim)

Ramazon oyini har tomonlama ko‘tarinki va tartibli o‘tkazish bo‘yicha jurnalistlar hamda diniy soha vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan brifingda yurtimizda Ramazon oyining boshlanishi haqida ham ma’lumot berildi.

Zakot, vaqf mablag‘lari kimlarga beriladi? Endi bu bo‘yicha alohida bank shug‘ullanishi mumkin

Masjidlarda og‘iz ochish vaqtidagi yeguliklar, xurmoga o‘xshash narsalarning ham me’yorda tarqatilishi va iftorlikni qorni ochlarga, yollanib ishlayotganlarga (mardikor) va talabalarga berish tavsiya etildi.

Tarovih ibodati vaqtini har bir masjid o‘zi belgilaydi

Qayerda, nechta masjidda tarovih o‘qilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi masjidlar bo‘limidan ma’lumot olish mumkinligi ma’lum qilindi.

Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan ketdi

Botir Rahmatovich Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olinib, yangi vazifaga tayinlangan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

«Hayotimda haqiqiy mo‘’jiza sodir bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev qahramonimga aylandi» (video)

«Dunyo mo‘’jizalar va qahramonlarni yaxshi ko‘radi. Bu haqda Bernard Shou aytgan edi, mening hayotimda haqiqiy mo‘’jiza sodir bo‘ldi va Prezident Shavkat Mirziyoyev mening qahramonimga aylandi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Toshkent ko‘chalarida YPXning ayol xodimlari paydo bo‘ldi

Qator xorij mamlakatlarida yo‘llarda forma kiygan ayol YPX xodimlarini ko‘plab uchratish mumkin. Ular o‘z xizmat vazifalarini erkaklardan kam bo‘lmagan darajada o‘tashmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasiga rais tayinlandi

Bugun, 11-may kuni Botir Rahmatovich Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan ketib, yangi vazifaga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Madaniyat

Rayhon qo‘shiq matni, Hulkar Abdullayeva nojoiz kadrlar, «Ummon» yotoqxona sahnasi uchun...

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 8 may kuni bo‘lib o‘tdi. Kengashda 10 ta xonanda tomonidan 12 ta qo‘shiq va ularga ishlangan videokliplar ko‘rib chiqildi.

Kann kinofestivali: o‘zbekistonlik kinochilar nimalar bilan band? (foto)

Delegatsiya a’zolari taniqli kinoprodyuser, distribyuterlar bilan muzokaralar olib borib, ularni O‘zbekistonda kino uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib borishyapti.

Ahmadjon Meliboyev «Jahon adabiyoti»ga, Qulman Ochilov «Hurriyat»ga bosh muharrir bo‘ldi

Uning o‘rniga taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev tayinlangan.

Ta’lim

Zangiotalik 9 yoshli bolakay maktabga qabul qilindi

Xalq ta’limi vazirligidan bizga ma’lum qilishlaricha, ushbu muammo Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan va bugunning o‘zida ijobiy hal etilgan.

O‘zbekiston Qahramoni vafot etdi

Fidoyi pedagog rahbarlik qilgan maktab bir necha bor «Yilning eng yaxshi maktabi» sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, uning pedagogik tajribasi mamlakat miqyosida keng o‘rganilib, ommalashtirilgan.

Sport

JCh-2018 o‘yinlarini stadionda ko‘rish uchun muxlis pasporti olish kerak

Muxlis parportida uning ismi yozilgan bo‘lib, bepul, har bir tomoshabin uchun bir marotaba rasmiylashtiriladi va laminatsiya qilingan blank ko‘rinishida bo‘ladi.

Muhammad Saloh yana bir bor mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Ushbu mavsumda 25 yoshli hujumchi klub tarkibida barcha musobaqalarda 50 o‘yinda maydonga tushib, 43ta gol urdi, bir necha bor premer-ligada oy futbolchisi deb topildi.

Tohir Kapadze nafaqaga chiqdi

O‘FA rahbariyati Tohir Veysalovich Kapadzega futbol sohasidagi uzoq yillik samarali faoliyati va fidoiy mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma taqdim etdi.

Bitta kubok uchun 32 jamoa: «nemis mashinasi» yo‘lga tushdi

Jahon chempionati ishtirokchisi Germaniya terma jamoasi haqida.

Iqtisodiyot

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 142 million dollarga kamaydi

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Texnologiya

Janubiy Koreyada piyodalarning smartfonlari bloklanadi

Janubiy Koreya mobil nazoratchisi harakat vaqtida telefonlarni bloklovchi dasturni ishlab chiqardi.

Elon Mask Los-Anjelesdagi tunnelini namoyish etdi (video)

«Tesla», «SpaceX» va «Boring Company» asoschisi Elon Mask o‘zining «Instagram»dagi sahifasiga Los-Anjeles xalqaro aeroporti bilan «SpaceX» shtab-kvartirasini birlashtirib turuvchi tunnel bo‘ylab harakatlangani tasvirlangan videoni joylashtirdi.

Dunyo

Erdo‘g‘on va Putin: «AQSh xato qildi»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tavsiya qilamiz

Yangibozor yoshlari hech kimga kerak emasmi?

Mahallada bor yo‘g‘i 20 ta fermer xo‘jaligi, barmoq bilan sanarli savdo ob’yektlari, shuningdek, 11 nafar pillachilik bo‘yicha kasanachilar bor xolos.

O‘ttiz pora Qur’oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda, 10 soat mobaynida yoddan o‘qib bergan qoriya (video)

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu talaba qiz bilan suhbat o‘tkazdi. Fotima Abdullayeva ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasining shahar bosqichida ikkinchi o‘rinni ham egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring