Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zuhriddin Bahriddinov Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Zuhriddin Bahriddinov Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Namangan viloyati hokimligi.

Bahriddinov Zuhriddin Bahriddin o‘g‘li Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Zuhriddin Baxriddinov 1985-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi - moliya, davlat moliyasini boshqarish. 2006-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti, 2008- yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.  

Mehnat faoliyatini 2007-yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi moliyalashtirish,buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan. 2008-2020-yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. 2020-2024-yillarda Namangan viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining tegishli qarori bilan amalga oshirildi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring