Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zulfiya mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi

Zulfiya mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 3-mart kuni «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Karimboyeva Shahzoda Kamoladdin qizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Orazbayeva Gulsanem Jalg‘asbay qizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Komilova Mehrinoz Oybekjon qizi — Andijon davlat tibbiyot institutining 2-bosqich magistranti

Radjiyeva Gulxayoxon Shuxratjon qizi — Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Salimova Amira Sunnatjon qizi — Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Umarqulova Dinora Sherali qizi — Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Imomova Dildora Shuxrat qizi — Jizzax politexnika institutining 4-bosqich talabasi

Mamarasulova Muqaddas Abdulqosim qizi — Jizzax davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Ahmatova Sitorabonu Zohidjon qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 4-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Berdiyeva Iroda Xudayshukurovna — O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ibodullayeva Nafisa Muhitdinovna — Navoiy davlat pedagogika institutining tayanch doktoranti

Shomurotova Nodirabegim Odilovna — Navoiy viloyati Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Abdullayeva Manzura Nasibillo qizi — Namangan davlat universitetining 2-bosqich magistranti

Xushnazarova Ayshaxon Adhamjon qizi — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xayrullayeva Feruza Nurmat qizi — «Respublika yosh ijodkorlar kengashi» nodavlat notijorat tashkiloti matbuot kotibi (Samarqand viloyati)

Shomurodova Mohiniso Shavkat qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Sunnatova Madina G‘ofurjon qizi — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Hojiboboyeva Sarvinoz Habibjon qizi — Guliston davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Komiljonova Nilufar Shuxrat qizi — Termiz davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Omonova Umida Shuhrat qizi — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining Xalqaro shaxmat akademiyasi sportchi-o‘quvchisi (Surxondaryo viloyati)

Dehqonova Madinabonu Dilshod qizi — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Nazarova Zilola Ergashboy qizi — Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari

Yo‘ldosheva Farzona Baxtiyor qizi — Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi — Farg‘ona politexnika institutining 4-bosqich talabasi

Jumaboyeva Shaxzoda Ne’matjon qizi — Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi

Karimova Madina Jumanazarovna — Xorazm viloyati Urganch shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Kim Yuliya Olegovna — Respublika oliy sport mahorati maktabining figurali uchish bo‘yicha murabbiyi (Toshkent shahri)

Raximova Sayyora Yashin qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ajratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring