Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempion va sovrindorlarga rekord miqdorda pul mukofotlari beriladi

Chempion va sovrindorlarga rekord miqdorda pul mukofotlari beriladi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatardagi jahon chempionati yakunlari bo‘yicha rekord darajada yuqori pul mukofotlari beradi.

World Cup-2022 g‘olibi kamida 45 mln dollar oladi.

FIFA daromadlari yildan-yilga o‘sib boryapti, shu bois mundialga kelgan jamoalar uchun to‘lanadigan mukofot pullari ham oshmoqda.

Jahon chempionatlari oralig‘idagi to‘rt yil davomida tashkilotga pullar kelishda davom etadi. FIFA asosiy daromadni uch yo‘nalishdan oladi: tele va onlayn translyasiya huquqini sotish (Qatar-2022 gacha o‘tgan to‘rt yilda — 3,5 mlrd dollar olindi), homiylik shartnomalari (2,4 mlrd dollar) chiptalar sotish (1,2 mlrd dollar).

Qolgan daromad manbalari bunchalik katta emas, biroq shular ham qo‘shilganda, 4 yillikda rekord darajada ko‘p — 7,9 mlrd dollar yig‘ildi. Solishtirish uchun: bundan oldingi mundial (Rossiya-2018)gacha bo‘lgan to‘rt yillikda FIFA g‘aznasida 6,4 mlrd dollar yig‘ilgandi.

Qatar-2022 da mukofot jamg‘armasi 1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Shundan 440 mln dollar sovrindorlarga topshiriladi. Qolgan 560 mln dollar terma jamoalari turnirda qatnashgan federatsiyalarga to‘lanadi. Futbolchilari mundialda qatnashayotgan professional klublarga ham pul beriladi. Shuningdek, sug‘urta pullari bor: futbolchisi mundialda jarohat olgan klublarga to‘lanadi.

World Cup-2022 mukofot pullari

Har bir jamoa qatnashgani uchun 2,5 mln dollar oladi. Guruh bosqichidan pley-offga chiqa olmagan jamoa 8 mln «ko‘ki»dan oladi.

1/8 final qatnashchilari — 12 mln dollar, chorakfinalchilar — 16 mln, medallar uchun kurashgan to‘rt jamoa: 4-o‘rin — 22 mln, 3-o‘rin — 26 mln, 2-o‘rin — 32 mln, jahon chempioni — 45 mln dollar bilan mukofotlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring