Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Braziliya mundialni erta tark etdi

JCh-2022. Braziliya mundialni erta tark etdi

JCh-2022 chorakfinalida Xorvatiya hamda Braziliya o‘rtasidagi bahsda kutilmagan natija qayd etildi.

Xorvatiya JCh-2022ning navbatdagi sensatsiyasini qayd etib, dastlabki yarimfinalchiga aylandi. Ular bu safar ham penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketishdi.

Xorvatiya – Braziliya 1:1. Penaltilar bo‘yicha: 4:2
Gollar: 0:1 – 105 Neymar, 1:1 – 116 Petkovich.

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modrich, Kovachich (Mayer, 105), Brozovich (Orshich, 114), Perishich, Pashalich (Vlashich, 72), Kramarich (Petkovich, 72).

Braziliya – Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Risharlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinisius Junior (Rodrigo, 64).

Ogohlantirishlar: Danilo (25), Brozovich (31), Kazemiro (68), Markinos (77), Petkovich (117).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring