Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA O‘zbekistonning JChdagi ishtirokini e’tirof etdi

FIFA O‘zbekistonning JChdagi ishtirokini e’tirof etdi

Foto: O‘FA

FIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining JChdagi ishtirokini e’tirof etdi. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida musobaqa doirasidagi debyut o‘yinlarini o‘tkazdi.

FIFA rasmiy sayti Osiyo jamoalari qatorida milliy jamoamizning mundialdagi tarixiy ishtiroki haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Jahon chempionati debyutantlaridan biri O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan so‘ng guruh bosqichidayoq musobaqani tark etdi. Natijalar ko‘ngildagidek bo‘lmasa-da, «Oq bo‘rilar» uchun ijobiy jihatlar ham topildi. Masalan, Abbosbek Fayzullayev Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jamoaning Jahon chempionatidagi ilk golini kiritib, o‘z nomini O‘zbekiston futboli tarixiga yozib qo‘ydi. Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan ajoyib zarbasi esa Hyundai tomonidan taqdim etiladigan «Turnirning guruh bosqichidagi eng yaxshi goli» sovrinini qo‘lga kiritdi. 

Fabio Kannavaro shogirdlari musobaqa davomida o‘zlarining texnikaga asoslangan, mehnatkash uslubiga sodiq qolishdi.

Garchi bu holat o‘yinlar o‘tgani sari ularning biroz toliqib qolishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, 18 yoshli Behruz Karimov singari futbolchilar endi jahon darajasida raqobat qilish uchun nimalar zarurligini bilib olishdi va to‘rt yildan so‘ng bu ilk qadamlarni yanada mustahkamlashga astoydil harakat qilishadi, deyiladi FIFA xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring