O‘zbekiston — Portugaliya o‘yinini qaysi arbitrlar boshqarishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsini marokashlik hakamlar boshqaradi.
AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma’lum bo‘ldi.
Bellashuvni marokashlik FIFA hakami Jalal Jayed boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam beradi.
Uchrashuvning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Abongayl Tom hamda Zaxele Sivela faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamizning Portugaliyaga qarshi bahsi 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter