Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yil hisobidan ilk vaksinalar partiyasi keltirildi

2022-yil hisobidan ilk vaksinalar partiyasi keltirildi

Koronavirusga qarshi vaksinaning 2022-yilgi ilk yarim million dozalik partiyasi yurtimizga olib kelindi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Bugun yurtimizga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir.

Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi "Sputnik V";
  • 3 500 460 dozasi Moderna;
  • 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring