29-sentyabr kuni besh kishi qurbon bo‘ldi, kasallik tarqalishi kamaydi

2021-yil 29-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173895 (+486) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
21 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
12 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
9 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
6 nafari Navoiy viloyatida,
14 nafari Namangan viloyatida,
41 nafari Samarqand viloyatida,
12 nafari Sirdaryo viloyatida,
16 nafari Surxondaryo viloyatida,
33 nafari Farg‘ona viloyatida,
13 nafari Xorazm viloyatida,
87 nafari Toshkent viloyatida,
209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1239 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter