Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3-sonli tug‘ruq majmuasida quvonchli voqea yuz berdi

3-sonli tug‘ruq majmuasida quvonchli voqea yuz berdi

Foto: SSV

Poytaxtimizdagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida 6ugun yana bir quvonchli voqea yuz berdi. Koronavirus infeksiyasi aniqlanib, mazkur tug‘ruq majmuasiga olib kelingan homilador ayol B. farzandli bo‘ldi. Toshkent viloyatidan bo‘lgan, 31 yoshli ayol joriy yil 10-may kuni Rossiya Federatsiyasidan charter reys orqali olib kelingan edi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Unda koronavirus aniqlanib, tug‘ruq majmuasiga olib kelingach, birinchi navbatda, analiz tahlillari olindi, homilador belgilangan standartlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tashxis natijalariga ko‘ra, tajribali mutaxassislar tavsiyasiga bilan tug‘ruqni shoshilinch tartibda, operatsiya yo‘li bilan amalga oshirish tavsiya etilib, tayyorgarlik ko‘rildi. Bugun ushbu amaliyot oliy toifalik shifokor Komil Jumayev boshchiligidagi shifokorlar tomonidan muvaffaqiyatli, asoratsiz yakuniga yetkazildi. Tajribali shifokorlarimizning sa’y-harakatlari natijasida bemor B. o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Ayni paytda chaqaloqning holati qoniqarli bo‘lib, onasi bilan birga neonatolog, akusher-ginekologlarning tibbiy kuzatuvida bo‘lib turishibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring