Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

60 yil birga yashagan er-xotin bir kunda koronavirusdan vafot etishdi

60 yil birga yashagan er-xotin bir kunda koronavirusdan vafot etishdi

Foto: «dailymail.co.uk»

60 yil birga umr kechirgan britaniyalik Brin va Pet Xouells 17 soat farq bilan koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumishdi, deya xabar berdi «The Daily Mail».

Pet Xouells 4-aprel kuni sog‘ligidan shikoyat qilgan, ko‘p o‘tmay kasallik alomatlari uning turmush o‘rtog‘ida ham paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng ikkalasi ham shifoxonaga yotqizilgan, tahlil natijalari koronavirus borligini tasdiqlagan.

86 va 80 yoshlardagi chol-kampir Llantrizant shahrida Glamorgan qirollik gospitalida koronavirus bemorlari uchun mo‘ljallangan bo‘limda o‘pka sun’iy ventilyasiyasiga ulab qo‘yilgandi. Pet Xouells 13-aprelga o‘tar kechasi, uning turmush o‘rtog‘i esa o‘sha kuni kechasi hayotdan ko‘z yumdi.

Qarindoshlari Xouellslarning koronavirusni qayoqdan yuqtirib olganini aniqlasha olmadi. Chunki chol-kampir to‘rt haftadirki izolyasiyada bo‘lishgan. Ulardan to‘rt farzand, 11 nevara va 12 evara qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring