Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7-iyun kuni uch bemor koronavirus oqibatida vafot etdi

7-iyun kuni uch bemor koronavirus oqibatida vafot etdi

2021-yil 7-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102163 (+199) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
7 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Jizzax viloyatida,
19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
22 nafari Samarqand viloyatida,
5 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
3 nafari Farg‘ona viloyatida,
4 nafari Xorazm viloyatida,
3 nafari Toshkent viloyatida,
110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 699 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3335 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring