Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

84-o‘lim. Qibraylik ayol koronavirusdan vafot etdi

84-o‘lim. Qibraylik ayol koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Qibray tumanida yashovchi 67 yoshli U.A.da (ayol) joriy yil 10-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Toshkent shahridagi 1 – sonli klinik shifoxonaga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 16-iyul kuni esa o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatiga olingan. Unga COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, diabetik ensefalopatiya, diabetik nefropatiya asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi mobaynida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring