Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlardan hujjat qabul qilish tartibi ma’lum qilindi

Abituriyentlardan hujjat qabul qilish tartibi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun abituriyentlar 15-iyundan 15-iyulgacha hujjat topshirishi mumkin.

Hujjatlar kechayu kunduz 24 soat davomida FAQAT 2 USULDA onlayn qabul qilinadi:

  • DTM sayti orqali
  • my.gov.uz portali orqali

Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

(avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun)

• pasport;
• diplom;
• til bilishi sertifikati;
• imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

(joriy yil bitiruvchilari uchun)

• pasport;
• bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida E’LON QILINADI.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring