Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda bir kunda qariyb 55 ming kishi koronavirusga chalindi

AQShda bir kunda qariyb 55 ming kishi koronavirusga chalindi

Foto: «Ok.ru»

Qo‘shma shtatlarda yangi tipdagi koronavirusni yuqtirib olganlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda 55 ming kishiga ko‘paydi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti.

Muassasaning ma’lum qilishicha, o‘tgan 24 soat ichida AQShda 55 054 ta yangi COVID-19 holati va bemorlar orasida 952 ta o‘lim holati qayd etildi.

Bir kun avval 44 110 kishi kasallanib, 914 kishi vafot etgandi.

Universitetning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davomida AQShda jami 7 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lib, 203 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Jons Xopkins universiteti hisob-kitoblariga qaraganda, dunyo bo‘yicha 32,5 million kishi koronavirusga chalingan, 989 ming kishi COVID-19 tufayli vafot etgan, 22,5 million kishi tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring