AQShda koronavirusdan vafot etish bo‘yicha mudhish rekord yangilandi

AQShda bir kecha-kunduzda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni birinchi marta to‘rt mingdan oshdi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti federal va mahalliy hokimiyat organlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa ochiq manbalar ma’lumotlariga tayanib.
O‘tgan 24 soat ichida AQShda 4085 ta o‘lim holati qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan beri qurbonlar umumiy soni 365 mingdan oshdi.
O‘tgan bir kecha-kunduzda Qo‘shma Shtatlarda 274 703 kishida COVID-19 aniqlandi. Bu ko‘rsatkich 3-yanvar kuni eng cho‘qqisiga yetdi: o‘shanda qariyb 300 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.
Xopkins universiteti hisob-kitoblariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon AQShda 21,5 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter