AQShda koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanadi

AQShda Pfizer va BioNTech kompaniyalari preparatlarining birinchi partiyalari bilan koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlandi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Preparatning dastlabki partiyalari dam olish kunlari turli shtatlarga yetkazib berildi. Ba’zi shtatlarda kampaniya 15-dekabr kuni boshlanadi.
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari vaksinatsiyani sog‘liqni saqlash xodimlari, shuningdek, qariyalar uylari va shunga o‘xshash ijtimoiy muassasalardagi odamlardan boshlashni tavsiya etgan.
11-dekabr kuni Oziq-ovqat va dori-darmonni nazorat qilish idorasi (FDA) Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan vaksinani ma’qulladi. Moderna kompaniyasi ham favqulodda foydalanishni litsenziyalash uchun FDAga ariza topshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter