Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning davlat qarzi rekord darajaga yetadi

AQShning davlat qarzi rekord darajaga yetadi

Foto: «Yandex.com»

Qo‘shma Shtatlarning davlat qarzi va Amerika korporatsiyalarining qarzlari 2020-yilda koronavirus pandemiyasi tufayli rekord darajaga yetadi, deb yozdi «The Washington Post».

Federal budjet taqchilligi to‘rt trillion dollargacha ko‘tariladi: bunday holat 1945-yildan beri kuzatilmagandi. «ExxonMobil» va «Walgreens» kabi yirik korporatsiyalar esa kredit liniyalarini allaqachon sarflab bo‘lishgan, biroq hali ham mablag‘ga ehtiyoj sezmoqda.

Tadbirkorlar oldida ikkita yo‘l turibdi: kredit to‘lovlaridan o‘tish yoki xodimlarni ishdan bo‘shatish. Banklar allaqachon fuqarolardan talaba kreditlari va kredit kartalaridagi qarzlarini to‘lashni talab qilgan.

«Xavotirga tushishimiz kerak. Zamonaviy tarixda hali kuzatilmagan qarzdorlik darajasi haqida gap boryapti. Biz tiklab bo‘lmas nuqtaga yaqinlashyapmiz», — deydi Priston universiteti iqtisodiyot professori Atif Mian.

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlovchi choralar sifatida Federal rezerv tizimi allaqachon asosiy me’yorni nolgacha tushirdi va o‘z portfeliga ikki trillion dollar qo‘shib qo‘ydi — Buyuk depressiyadan so‘ng to‘rt yil davomida shuncha miqdor qo‘shilgandi.

Moliya vaziri Stiven Mnuchin esa epidemiya tufayli zarar ko‘rayotgan biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat pulni ayamasligi kerakligini aytmoqda.

«Kelajakda tanqislikni bartaraf etamiz, hozir esa bu haqda o‘ylash vaqti emas», — deb izohlagan vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring