Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AstraZeneca vaksinasi musulmonlar uchun harom — Indoneziya ulamolar kengashi

AstraZeneca vaksinasi musulmonlar uchun harom — Indoneziya ulamolar kengashi

Indoneziya Ulamolar Kengashi AstraZeneca vaksinasini musulmonlar uchun xarom ekanini e’lon qildi. Ammo boshqa dorilar yetishmasligi sababli uni vaqtincha ishlatishga ruxsat berilgan.  Bu haqda Jakartada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakat oliy din ishlari vakili Asorirun Sholexga tayanib ma’lum qilindi.

«AstraZeneca vaksinasi taqiqlangan, chunki unda cho‘chqa go‘shtidan olinadigan tripsin ishlatadi. Ammo hozirda ushbu ishlab chiqaruvchi vaksinalariga ruxsat berilgan. Islom qonunchiligi bunga imkon beradi, chunki zudlik bilan emlashga ehtiyoj bor», — degan u.

Sholexning so‘zlariga ko‘ra, boshqa «toza» dorilar mavjud bo‘lganda,  AstraZeneca «musulmonlar uchun taqiqlanadi».

Hozirga qadar Indoneziya 1,1 million dozaga yaqin AstraZeneca vaksinasini qabul qildi va yana 10 million dozani ikki oy ichida yetkazib berish kutilmoqda.

Respublikada emlash kampaniyasi 27 yanvarda boshlangan. Birinchi emlash Prezident Joko Vidodoga Xitoyning Sinovac preparati bilan amalga oshirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring