Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada ikki doza vaksina qabul qilgan odam «omikron» oqibatida vafot etdi

Avstraliyada ikki doza vaksina qabul qilgan odam «omikron» oqibatida vafot etdi

FOTO: UNN.COM.UA

Avstraliyada omikron-shtamm oqibatidagi birinchi o‘lim holati qayd etildi. U koronavirusga qarshi vaksina bilan ikki marta emlangan keksa erkak edi. Bu haqda Yangi Janubiy Uels shtati sog‘liqni saqlash departamentining  tvitter-akkauntida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, bemorning salomatligida boshqa muammolar ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «omikron» AQShda koronavirusning dominant variantiga aylanib ulgurdi va kasallanishlar keskin ko‘paygan. O‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlarda kunlik kasallanish holatlari o‘rtacha 150 mingtaga yetdi va bu ko‘rsatkich yana o‘sishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring