Bayden koronavirusga qarshi kurashish rejasini ma’lum qildi

AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden gubernatorlar bilan koronavirusga qarshi kurashni muhokama qildi, deya xabar berishdi jurnalistlar.
Yig‘inda 30 dan ortiq shtat gubernatorlari, AQShning yangi saylangan vitse-prezidenti Kamala Xarris va Baydenning koronavirus bo‘yicha koordinatorlari ishtirok etishdi.
Bayden shtatlar shu kungacha COVIDga qarshi kurashda yetarlicha yordam olmaganini aytdi. Shuningdek, u ma’muriyatining dastlabki 100 kunidagi maqsadlarini takrorladi: amerikaliklar uchun 100 million doza vaksina.
«Biz dastlabki yuz kun ichida 300 million kishini emlay olmaymiz, ko‘pchilik o‘lishda davom etadi», — deya tan oldi Bayden.
«Yuz kundan so‘ng maktablar ochilishini talab qilaman», — deya qo‘shimcha qildi u.
Bayden ma’muriyatining dastlabki 100 kunida AQShning barcha aholisidan niqob taqishni iltimos qildi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 17.392.618 kishiga yetdi (17.12.2020 — soat 9:00). 314.577 bemor hayotdan ko‘z yumdi.
Pandemiya boshlangandan beri 2020-yil 17-dekabr soat 9:00 holatiga ko‘ra sayyoramizda 74.534.155 kishi COVID-19 bilan kasallandi. Ulardan 1.655.226 nafari vafot etdi. 52.372.534 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter