Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts koronavirusni global miqyosda yo‘q qiladigan yagona vosita haqida gapirdi

Bill Geyts koronavirusni global miqyosda yo‘q qiladigan yagona vosita haqida gapirdi

Faqat o‘ta samarali va keng ko‘lamdagi koronavirusga qarshi emlash insoniyatni odatiy hayotga qaytaradi. Bu haqda Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts NBC telekompaniyasi efirida ma’lum qilgan.

«Faqat o‘ta samarali va keng ko‘lamdagi emlash kasallikni global miqyosda tugatadi», dedi Geyts.

U vaksinatsiya pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishning yagona yo‘li ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Bill va Melinda Geyts xayriya fondi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun yuz millionlab dollar mablag‘ ajratgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring