Bir kunda bir million — yomon raqam

AQShda pandemiya boshlanganidan beri eng yomon raqam yuzaga keldi — bir kecha-kunduzda 1 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlandi. Jons Hopkins universiteti yozishicha, 3-yanvar sanasida ro‘yxatga olingan kasallar soni 1,06 million nafarga yetdi.
Oldingi eng katta raqam o‘tgan hafta qayd etilgan, kasallikni yuqtirgan 0,59 mln. kishi ro‘yxatga olingandi.
Bu esa Worldometer saytidan olingan so‘nggi ma’lumot. Unga ko‘ra, AQShda koronavirus pandemiyasi davrida 57 131 187 ta kasallanish holati qayd etilgan, vafot etganlar — 848 885 nafar, sog‘ayganlar — 41 722 468 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter