Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim ahvoli yaxshiligini aytgandi, ammo koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi — Bishkek

Hokim ahvoli yaxshiligini aytgandi, ammo koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi — Bishkek

Foto: «24.kg»

Bishkek shahri hokimi Aziz Surakmatov koronavirusga chalindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

Surakmatov o‘z uyida davolanyapti, kasallik yengil o‘tyapti — ozroq isitmasi bor, deyiladi xabarda.

Bungacha hokim ahvoli yaxshiligini ma’lum qilgan, ammo koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqandi. Hozir, yuqorida aytilganidek, uyida, shifokorlar nazorati ostida koronavirus bilan kurashyapti.

Xabarga ko‘ra, hokim davolanish bilan birga, shaharni masofadan boshqaryapti, shahardagi va tezkor shtablar faoliyati odatiy tartibda davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring