Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Chiroqchidagi qishloqqa 100 qop un mahsulotini yetkazdi
![Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Chiroqchidagi qishloqqa 100 qop un mahsulotini yetkazdi](http://static.xabar.uz/crop/4/1/720_460_95_4107243429.jpg)
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi @xushnudbek kanaliga tushgan reklama mablag‘lari hisobidan o‘zi tug‘ilib o‘sgan Chiroqchi tumani aholisiga 100 qop un mahsulotini yetkazdi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/22/720__m_c4WUDmp0Slbx3761R4_EIvVRa8wf5K.jpg)
Xushnudbek yuborgan un mahsuloti Chiroqchi tumanidagi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga olib kelingan. Talab darajasidagi dizenfeksiya ishlari amalga oshirilgandan so‘ng olis qishloqlardagi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ham qo‘shilgan holda yetkaziladi.
Avvalroq ham bloger «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga 30 mln so‘mni o‘tkazib bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter