Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura karantin tartibini buzgan fuqarolarga oid holatlar yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura karantin tartibini buzgan fuqarolarga oid holatlar yuzasidan bayonot berdi

Prokuratura organlari tomonidan mamlakatda Covid-19 koronavirusi infeksiyasi keng tarqalishini oldini olish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Murakkab sharoitda amalga oshirilayotgan keng qamrovli tushuntirish ishlari va qo‘rilayotgan choralarga qaramasdan, chet eldan qaytib kelgan va karantinga joylashtirilgan ayrim fuqarolarimiz tomonidan amaldagi qonunlarni qo‘pol ravishda buzish holatlari ham uchrab turibdi. Ushbu holatlar haqida Bosh prokuratura tomonidan Xabar.uz’ga ma’lumot berildi.

Jumladan, 2020 yil 16 mart kuni Janubiy Koreya Respublikasidan Rossiya Feredatsiyasi orqali Samarqandga kelgan (Moskava-Samarqand aviareysi) fuqaro A. A. (1989 y.t.) koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Biroq, fuqaro A.A. epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, o‘zboshimchalik shifoxonadan qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida u Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ushlangan.

Shuningdek,, 2020 yil 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Samara shahridan O‘zbekiston Respublikasiga temir yo‘li orqali kelgan fuqaro E.T. (1954 y.t.) koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, Samarqand viloyatidagi «Do‘stlik» oromgohida karantinga joylashtirilgan. Shunga qaramay fuqaro E.T. epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, o‘zboshimchalik karantin zonasidan qochib ketganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro E.T. Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi yashash uyida ushlangan.

Bundan tashqari, 2020 yil 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasidan «Moskva-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘li orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirib kelgan fuqaro Sh. R. (1990 y.t.) koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, Nukus shahridagi Respublika bolalar sanatoriyasiga karantinga joylashtirilgan. Birok, fuqaro Sh.R. ham epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzib, o‘zboshimchalik karantin zonasidan qochib ketganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro Sh.R. Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan 21.03.2020 yilda O‘zbeksiton Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25,2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, yuqorida qayd etilgan fuqarolarning barchasi protsessual tartibda ushlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar!
Mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni saqlash, yashash muhiti xavfsizligi va inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida sanitariyaga oid qonun hujjatlari hamda epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga qa’tiy rioya qilishingizni talab qilinadi.

Bu borada qonubuzilish holatlarga yul qo‘ygan shaxslarga nisbatan tegishli prokuror nazorati hujjatlari qo‘llaniladi.

Bosh prokuratura karantin va cheklov tadbirlarini buzish, kasallik o‘chog‘iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlik haqidagi ma’lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring