Bozorlar har hafta bir marotaba yopiladi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazoratini ta’minlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilangani haqida xabar bergandik.
Hududlardagi barcha bozorlar sanitariya-epidemiologik tadbirlarini, shu jumladan, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun har haftada bir marotaba yopilishi belgilandi.
Karantin cheklovlari sharoitida ruxsat berilgan sohalarda qayta tiklangan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati monitoringi natijalari ayrim hollarda sanitariya-epidemiologik talablar bu haqda mutasaddi tashkilotlar ogohlantirganidan so‘ng ham takroran buzilayotganligi, shu jumladan, fuqarolar tana haroratini o‘lchagan holda ob’yektga kiritish, ularni ijtimoiy masofaga rioya etgan holda joylashtirish, muntazam dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish, xodimlarni tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlash kabi talablarga yetarli darajada rioya etmaslik, tana haroratini o‘lchamay, tegishli himoya vositalari bilan ta’minlanmagan fuqarolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga jalb qilish holatlari aniqlanmoqda.
Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga jamoat joylarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlarini (reydlarni) muntazam ravishda kuchaytirilgan tartibda tashkil etib borish yuklatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter