Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Braziliya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

Foto: «News.myseldon.com»

Braziliya koronavirusni yuqtirish natijasida vafot etganlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniyadan o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, deya xabar berdi «Reuters».

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu Lotin Amerikasi mamlakatida 828 810 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, shundan 41 828 nafari hayotdan ko‘z yumdi. O‘tgan 24 soat ichida bemorlar soni qariyb 26 ming kishiga ko‘paydi, 909 kishi virusni yuqtirish oqibatida olamdan o‘tdi.

Avvalroq Braziliya koronavirus haqidagi ma’lumotlarni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi saytida e’lon qilishni to‘xtatgandi. Davlat rahbari Jair Bolsonaruning fikricha, yangilangan umumiy ma’lumotlar real voqelikka mos kelmaydi.

JSSTning sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayanning so‘zlariga ko‘ra, hozir koronavirus epidemiyasining asosiy og‘irligi Amerika qit’asiga tushyapti. Uning aytishicha, virusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan 10 ta davlatdan to‘rttasi Shimoliy yoki Janubiy Amerikada joylashgan. Rayanning ta’kidlashicha, virus ushbu hududlarda «juda faol».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring