Bugun kasallanganlar tuzalganlardan qariyb 200taga ko‘p bo‘ldi

Shu yilning 9 sentyabr kuni mamlakatimizda 512 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm hamda Andijon viloyatlarida jami 314 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 930 nafar bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 352 nafar bemordan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter