Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanishlar rekord darajada oshdi — JSST

Butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanishlar rekord darajada oshdi — JSST

Jahonda COVID-19 tarqalishi pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori nuqtasiga yetdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi.

Tashkilot xabariga ko‘ra, ayniqsa 22-aprelda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan — bir kunda kasallanganlar soni 900 ming nafardan oshgan.

Manba: «Worldometer»

Eng og‘ir holat Hindistonda kuzatilyapti, kecha, dushanba kuni 353 ming kishida kasallik topildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 17 mln. nafardan oshgan, 195 ming kishi vafot etgan.

Turkiya koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘ringa ko‘tarildi (4,6 mln. nafar), 29-apreldan mamlakat uch haftalik karantinga kirmoqda. Rossiyada esa kasallanganlar soni 4,77 mln.ga yetdi.

Eronda ham kunlik qayd etilayotgan kasallanishlar soni tinmay o‘sib boryapti, bir kunda 8 mingdan ortik bemor ro‘yxatga olngan.

Janubiy Amerika mamlakatlarida vaziyat tangligicha qolmoqda: Braziliyada bir kunda 70 mingdan ortiq, Argentinada — 27 mingdan ziyod, Kolumbiyada — 20 ming atrofida bemor aniqlangan.

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirus bilan kasallanganlar jami soni 148 497 686 nafar, vafot etganlar — 3 133 860, sog‘ayganlar — 126 139 884 nafarga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring