Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 35 yoshli ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Buxoroda 35 yoshli ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Illyustrativ foto

G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol  D.Sh. joriy yil 1-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, unga «Ikki tomonlama  pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja» tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinib vafot etgan 31-bemordir. Biroz avval poytaxtimizda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) vafot etgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring