Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarada to‘plangan o‘zbekistonliklar haqida TIV operativ shtabi axborot berdi

Chegarada to‘plangan o‘zbekistonliklar haqida TIV operativ shtabi axborot berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi, deyiladi TIV operativ shtabi axborotida.

Mamlakatimizning Moskva va Ostona shaharlaridagi Elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bo‘lib turgan vatandoshlarimiz ro‘yxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi.

Vatanimizga mazkur ro‘yxatga kiritilgan jami 1100 nafar hamyurtimiz olib kelinadi. Xususan, 2020-yil 18-may va 19-may kunlari 550 nafardan vatandoshimizning avtobuslarda O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan. Ular yetib kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Vatandoshlarimizning Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali O‘zbekistonga olib kelish istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan avvaldan shakllantirilgan ro‘yxat asosida amalga oshirilmoqda. Qo‘shimcha ro‘yxat tuzish ko‘zda tutilmagan.

Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. Fuqarolarimizni Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga olib kelishning qayta boshlanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi axborotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring