Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Emlangan onalardan dumli, jundor bolalar tug‘ilishi...» — feyk

«Emlangan onalardan dumli, jundor bolalar tug‘ilishi...» — feyk

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada homiladorlik paytida kovidga qarshi emlangan ayollardan mutant bolalar tug‘ilganligi haqida ma’lumotlar tarqamoqda. Chaqaloqlarning birida dum, birida jun, ayrimlarida qo‘l va oyoqlari ko‘pligi aytiladi. Bu ma’lumotlar — feyk.

Moderna i Pfizer/BioNTech tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalarni olgan onalardan tug‘ilgan mutant bolalar haqidagi video xabar Turkiya farovonlik partiyasi raisi Fotih Erbakanga tegishli. Televideniyedagi chiqishida COVID-19ga qarshi vaksinalar odamlarning DNKsini o‘zgartirishini, bu esa mutant bolalar tug‘ilishiga sabab bo‘lishini aytadi. Shuningdek, u chiqishida g‘ayrioddiy chaqaloqlarning rasmlarini ko‘rsatdi.

Aslida, fotosuratlarning hech birida emlash va COVID-19 pandemiyasiga aloqador emas. Fotosurati ko‘rsatilgan dumli bola grafik muharrirlar ishining natijasidir. Rasm 2009 yilda fotosuratchi Saymon Stoun tomonidan yaratilgan va tahrir qilingan.

Soch bilan qoplangan chaqaloq aks etgan ikkinchi fotosuratning ham emlashlar bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q. Rasmdagi bola gipertrixoz bilan tug‘ilgan. 2019 yilda Ispaniyada 16 nafar bola birdaniga bu kasallikka chalingan. Keyinchalik, ularning hammasi soch to‘kilishiga qarshi ichilgan dori vositalari ta’sirida shunday tug‘ilgani aniqlangan.

Erbakan ko‘rsatgan uchinchi fotosuratda 2016 yilda Hindistonda tug‘ilgan siam egizaklari aks etgan.

Shunday qilib, ko‘rsatilgan rasmlar COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin olingan va kasallikning o‘zi yoki unga qarshi emlashlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring