Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng og‘ir ahvoldagi bemorlarga ham yordam beradi... Britaniyada COVID-19ga qarshi deksametazon sinovlari yaxshi natija berdi

Eng og‘ir ahvoldagi bemorlarga ham yordam beradi... Britaniyada COVID-19ga qarshi deksametazon sinovlari yaxshi natija berdi

Foto: DW

Oksford universiteti olimlari o‘tkazgan deksametazon stereoid preparati klinik sinovlari yaxshi natija berdi.

Deksametazon sinovlariga 175 ta kasalxonadan 11 500 kishi jalb etildi. Ma’lumot berilishicha, o‘ta og‘ir ahvoldagilar — o‘pkasini sun’iy ventilyasiyalash talab etiladigan bemorlarda ushbu dori o‘lim xavfini 41 foizga pasaytirgan.

Britan olimlari muvaffaqiyatini rossiyalik tibbiyot fanlari doktori, professor Vasiliy Vlasov shunday izohladi:

«Deksametazonning ulkan davolash xususiyati mavjudligi haqida Buyuk Britaniyadan kelgan yangilik biz uchun kutilmagan xabar emas. Biroq bu ajoyib natijani tasodif mahsuli ham deb bo‘lmaydi, axir unga erishgucha britan olimlari juda katta va sifatli tadqiqot olib borishdi, dorini koronavirusni davolashda ishlatish mumkinligini isbotlashdi».

Professorning qo‘shimcha qilishicha, deksametazonning juda muhim bir afzalligi bor, ya’ni koronavirusga chalingan og‘ir ahvoldagi bemorlarga juda katta nafi tegadigan birinchi dori bo‘lishidan tashqari, OAVlarda shov-shuv qilinayotgan boshqa dorilardan tubdan farq qiladi.

Vasiliy Vlasovning aytishicha, deksametazon — juda yaxshi ma’lum bo‘lgan, xavfsiz va arzon dori. Bu esa jahondagi juda ko‘plab bemorlarning hayotdan umid qilishlariga imkon beradi. Ta’kidlanishicha, Saratov (Rossiya)da professor Yu.Shvars COVID-19ga chalingan bemorlarni davolashda deksametazondan foydalanib kelyapti.

Albatta, qaysi dorini qaysi kasalliklarda ishlatish bo‘yicha aniq chegaralar belgilab qo‘yilgan. Biroq koronavirusga kurashishda, hali standart davolash vositasi yo‘qligi, bemorlarning hayotini saqlab qolish uchun, istisnolarga majburmiz, ta’kidladi professor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring