Eron koronavirus tufayli 85 ming mahbusni ozod qildi
![Eron koronavirus tufayli 85 ming mahbusni ozod qildi](http://static.xabar.uz/crop/1/0/720_460_95_1059225799.jpg)
Eron koronavirus tufayli 85 ming nafar mahbusni turmadan ozod qildi, deya xabar berdi Eron sud hokimiyati rasmiy vakili Ismoiliy.
«Bugungi kunda 85 ming nafar mahbus ozodlikka chiqarildi», — deya Ismoiliyning so‘zlarini keltiradi «Mizam Online» agentligi.
«RIA Novosti»ning yozishicha, koronavirus haqida ilk bor Eron hukumati 19-fevral kuni ma’lum qilgandi. O‘shandan beri koronavirus mamlakatning barcha provinsiyalariga tarqaldi, kasallanganlar soni, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 14 991 kishini tashkil etadi. Ulardan 853 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Qariyb 5 ming kishi sog‘ayib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter